Rafinya «Barselona»ning yangi sardori bo‘ldi

  • 18.08.2026 17:09
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» yangi mavsumni yangi sardor bilan boshlaydi. Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rafinya Dias 2026/27 yildgi mavsum startida jamoaning bosh kapitani etib belgilandi.

 

Bu haqida ESPN xabar berdi. Ilgari Rafinya jamoada faqat to'rtinchi sardor hisoblanardi. Ammo yozgi oylarda klubda jiddiy o'zgarishlar ro'y berdi: nemis darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Niderlandiyaning «Ayaks» jamoasiga ijaraga berildi, urugvaylik himoyachi Ronald Arauho Angliyaning «Liverpul» klubiga yo'l oldi, gollandiyalik yarimhimoyachi Frenki de Yong esa 2026 yildgi jahon chempionatida og'ir jarohat oldi va qolgan yil davomida maydonga tusha olmaydi.

 

«Barselona»da, Ispaniyaning ko'plab klublarida bo'lgani kabi, sardorlik bog'ichi odatda jamoa tarkibida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga topshiriladi. Hozirgi paytda Rafinya kataloniyaliklar safida 177 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U shu vaqt ichida 75 ta gol urgan va 59 ta golli pas bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!