Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Rafinya: «Hakam eshitishdan bosh tortdi»

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

Rafinya Yaponiyaга qarshi oʻrtoqlik oʻyinida qizil kartochka olgani va hakamni tanqid qilgani uchun jamoadoshlari hamda muxlislaridan uzr soʻradi.

Braziliya terma jamoasi vingeri Rafinya Yaponiyaга qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida olgan qizil kartochkasi uchun jamoadoshlari va muxlislaridan uzr soʻradi.

Eslatib oʻtamiz, braziliyaliklar ushbu bahsda yaponiyaликlarga 2:3 hisobida magʻlub boʻldi. Uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida uchinchi gol oʻtkazib yuborilgandan keyin Rafinya hakam bilan tortishgani uchun maydondan chetlatildi.

«Eng avvalo, qizil kartochkam uchun uzr soʻrayman. Lekin baʼzan oʻzingizni tiyib turish juda qiyin, ayniqsa, hakamlikdagi xatolar shuncha koʻp boʻlsa. Bir necha bor hakam bilan tinchgina gaplashishga urindim, lekin u eshitishni ham istamadi. Bu qabul qilib boʻlmaydigan holat. Bugun biz faqat raqibga emas, hakamga qarshi ham oʻynadik», – deya Rafinyaning soʻzlarini «Gazeta.Ru» Reddit’ga tayanib keltiradi.

Braziliya terma jamoasining navbatdagi oʻyini 17 noyabr kuni Singapur termasiga qarshi oʻtkaziladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q