Rafinya: "Vinisius ajoyib inson, biroq..."
Jahongir Inomjonov
Futbolchi hamyurti haqida nima dedi?
"Barselona"ning hujumkor yarim himoyachisi Rafinya Braziliya terma jamoasidagi sherigi Vinisius Junior bilan bog‘liq irqchilik muammosiga munosabati haqida gapirdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
- Men Vinisiusning irqchilikka oid harakatlardan xafa bo‘lishini tushunaman. Vini ajoyib inson, doimo a’lo kayfiyatda bo‘ladi. Biroq, uni jiddiy holatga solib quyadigan yagona vaziyat bu irqchilik, - dedi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Vinisius raqib muxlislari tomonidan bir necha marotaba irqchilik haqoratlariga duch kelgan.

Izohlar (0)