Rafinyani superklub oladigan bo‘ldi
“Barselona” muvaffaqiyatlariga katta hissa qo'shib kelayotgan braziliyalik yulduz Rafinya Dias Fransiyaning eng badavlat klubi PSJ nishoniga aylandi.
Bu haqida ElNacional.cat sayti xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, parijliklar Rafinyani sotib olish uchun kataloniyaliklarga 100 million evrodan ortiq mablag' taklif qilishga tayyor.
Qayd etilishicha, agar “Barselona” bu bitimga rozi bo'lsa, klub moliyaviy muammolarni hal qilib, La Liganing 1:1 qoidasiга qaytishi mumkin.
Joriy mavsumda 29 yoshli Rafinya barcha musobaqalarda 31 ta o'yinda ishtirok etib, 19 ta gol urdi va 8 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati 80 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar