Rahim, sening maoshing ogirlik qilyapti!

  • 11.01.2026 09:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi”da keraksiz oʻyinchiga aylangan Rahim Sterling joriy mavsumning yarmini oʻyin amaliyotisiz oʻtkazib yubordi. Tajribali hujumkor futbolchi yanvar oyida oʻziga yangi ish joyi topishi lozim.

Sterling bir necha klublar bilan muzokara olib bormoqda. Uning oʻzi “Vest Xem”dan boʻlgan taklifni qabul qilmadi.

Daʼvogarlar orasida “Nyukasl” ham bor edi. Biroq “qarğalar” mashhur yulduz variantidan voz kechdi.

Football Insider nashrining xabar berishicha, “Nyukasl” 31 yoshli futbolchining maoshi katta boʻlganini inobatga olib, uni oʻz safiga qoʻshib olmaydigan boʻldi.

Transfermarkt portali tomonidan 5 million yevroga baholanyotgan Rahim Sterling “Fulxem” va “Kristal Pэlas” bilan ham muzokara oʻtkazayotgani haqida maʼlumotlar tarqatilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!