Ramazon Temirov super jang o‘tkazgan "UFC Fight Night 244" turniri yakunlandi

  • 13 oktabr, 2024, 08:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • MMA
CHERY AUTO

AQSh ning Las-Vegas shahrida "UFC Fight Night 244" turniri bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, unda hamyurtimiz Ramazon Temirov UFC dagi debyutini o‘tkazdi va amerikalik Si Jey Vergarani 1-raunddayoq taslim etdi.

Quyida ushbu musobaqada qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishishingiz mumkin:


Asosiy kard:

Brendon Royval ochkolar evaziga Tatsuro Tairani mag‘lub etdi (48-47, 48-47, 47-48);

Chun Yon Pak hakamlar qaroriga ko‘ra Bred Tavaresdan ustun keldi (29-28, 29-28, 28-29);

Grant Douson Rafa Garsiyani 2-raundda nokautga uchratdi;

Juliya Polastri ochkolar bo‘yicha Kori Makkennani engdi (29-28, 28-29, 30-27);

Daniel Rodriges xakamlar qaroriga ko‘ra Aleks Morono ustidan g‘alaba kozondi (28-29, 29-28, 29-28);


Prelim:

Xamyurtimiz Ramazon Temirov amerikalik Si Jey Vergarani 1-raunddayoq nokautga uchratdi;

Chidi Ndjokuani hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Jared Gudenni mag‘lub etdi (30-27, 30-27, 30-27);

Pet Sabatini 1-raundda Jonatan Pirsni sabmishshin orqali engdi;

Temba Gorimbo ochkolar bo‘yicha Niko Prays ustidan zafar quchdi (30-27, 30-27, 30-27);

Junior Tafa 2-raundda Kris Barnettni nokautga uchratdi;

Kodi Xeddon xakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Daniel Arjetani mag‘lub qildi (30-27, 30-27, 30-27);

Kleyton Karpenter 2-raundda Lukas Rochani sabmishshin orqali engdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Нефтчи
13/10/2024 09:57
Яшшавор узбек углони,молодцы укам,кам булма Рамазон!