Ramazon Temirov Toshkentda jang qiladi
Javohir Malikov
UFC jangchisining keyingi jangi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.
UFC jangchisi, hamyurtimiz Ramazon Temirovning keyingi jangi haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi.
MMA ustamiz Instagram sahifasiga joylagan postga ko‘ra, Temirov 7 fevral kuni Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida o‘tkaziladigan "MANGU MMA" turnirida BJJ bo‘yicha jang o‘tkazadi. Raqib tez orada e'lon qilinishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Ramazon 2025 yil 1 mart kuni "UFC Fight Night 253" oqshomida Charlz Jonsonni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandan buyon oktagonga chiqmadi.

Izohlar (0)