Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ramos Ispaniyaning top-klubini sotib olyapti

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Ramos o‘z yuristlari bilan birgalikda klub hisobotini o‘rganmoqda

Ispaniyalik afsonaviy futbolchi Serxio Ramos Five Eleven Capital bilan birgalikda "Sevilya"ga egalik qilmoqchi. Bu haqida Carrusel Deportivo nashriga tayanib Cadena Ser xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Real" va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi andalusiyaliklarni 450 mln yevroga sotib olmoqda. Qayd etilishicha, hozirda Ramos o‘z yuristlari bilan birgalikda klub hisobotini o‘rganmoqda. Ushbu bosqich bir necha oy davom etishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillardagi yomon natijalar aksiyadorlarni "Sevilya"ni sotishga qaror qilishga majbur qilgan. U 2003-2005 yillar oralig‘ida, shuningdek, 2023/2024-yilgi mavsumda Sevilya klubida futbolchi sifatida o‘ynagan.

39 yoshli Ramosning so‘nggi klubi Meksikaning "Monterrey" klubi bo‘lib, u shu yilning dekabr oyi boshida jamoani tark etgandi. Serxio professional futbolchilik faoliyatini davom ettirishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q