Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ranerining jahli chiqdi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Mutaxassis jamoaning himoya chizig‘idan hafsalasi pir bo‘ldi

A Seriyaning 36-turida "Kalyari" "Milan" mehmoni bo‘lib, 5:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Pulishich dubl qilgan bo‘lsa, Bennaser, Reynders va Leaular bittadan gol urishdi. Nandes esa javob qaytardi. Shomurdov asosiy tarkibda maydonga tushib, 82-daqiqada almashtirildi. U sheriklariga 16 ta aniq pas berib, darvozaga bitta zarba yo‘lladi. Uchrashuvdan so‘ng sardiniyaliklar ustozi Klaudio Raneri jamoasining 5 ta gol o‘tkazib yuborgani haqida gapirdi.

"Beshta gol o‘tkazib yuborganimiz juda ham yomon. Birinchi bo‘limda himoyamiz yaxshiroq harakat qildi. Ammo ikkinchi taymda Teo Ernandes va Rafael Leau himoyamizni xuddi pichok bilan sariyog‘ni kesgandek yorib o‘tishdi", - dedi Raneri.

Ma’lumot uchun, "Milan" ikkinchi o‘rinni egallab turibdi, "Kalyari" 15-pog‘onada bormoqda. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q