Raqiblar Lamin Yamalni “o‘yindan chiqarishdi”

  • 13 oktabr, 2024, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Millat ligasining uchinchi turida Ispaniya terma jamoasi o‘z maydonida Daniya futbolchilari ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi.

Tecno

O‘yinda g‘alaba qozonganiga qaramay, ispanlar “Baselona”dan terma jamoaga chaqirtirilgan Lamin Yamalning ahvolidan xavotirda.

Etakchi o‘yinchilardan hisoblangan 17 yoshli futbolchini bosh murabbiy Luis de la Fuenta o‘yin oxirida zaxiraga olishga majbur bo‘ldi. Lamin  Yamal yuklamaning ko‘pligi va daniyaliklar deyarli har bir yakkakurashda  unga nisbatan o‘ta qo‘pol o‘ynagani bois, yosh o‘yinchi oqsoqlanib qolgandi.

Lamin endi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va shundan so‘ng, jarohatlanish darajasi va tiklanish muddati aniq bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Мурад Умаров
13/10/2024 12:35
МТЖамоларди шуниси ёмонда..
Ватан учун жанг килади клублар азият чекади.