Raqibni o‘tkazmagan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

  • 06.09.2026 00:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyalik yarimhimoyachi Du Keyros faoliyatini Ozarbayjon chempionatida davom ettiradi. Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi "Sabah" jamoasiga ijara asosida o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, "Zenit" va Boku ning "Sabah" klubi o‘rtasidagi ijara shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda ham braziliyalik yarimhimoyachi Sankt-Peterburg klubi tarkibida o‘ynamagan edi. Du Keyros ijara asosida "Orenburg" sharafini himoya qildi. U barcha musobaqalar doirasida jamoa tarkibida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Germaniyaning nufuzli Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda futbolchining bozor qiymati 1,5 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!