Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Rasman! Angliya chempioni "Beshiktoш"ga o‘tdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Hammasi tez hal bo‘ldi

Londonning «Arsenal» jamoasida to‘p surib kelayotgan 31 yoshli hujumkor futbolchi Leandro Trossard bundan buyon Turkiyaning «Beshiktosh» klubi sharafini himoya qiladi. 

Bu haqida turk klubi matbuot xizmati rasmiy sayti orqali ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, futbolchi bilan uch yillik shartnoma imzolangan, kelishuv yana bir yilga uzaytirish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi. Transefmarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, transfer qiymati 18 million evroni tashkil etgan, shuningdek, londonliklar qo‘shimcha bonuslar sifatida yana 2 million evro oladi.

Klub xabarida ta’kidlanishicha, belgilaylik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun allaqachon Istanbulga yetib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Trossard 2023 yil qishida «Brayton» tarkibidan «Arsenal»ga 24 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va o‘nta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q