Rasman! "Barselona" futbolchisi APL klubiga o‘tdi
"Barselona" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali himoyachi Xunior Firponing "Lids"ga o‘tganini e’lon qildi.
Kataloniyaliklar rasmiy saytida yozilishicha, “ko‘k-anor ranglilar” 24 yoshli ispaniyalik futbolchinining transferidan 15 million evroga daromad ko‘rgan. Bundan tashqari, "Barselona" Firponing kelajakdagi transferidan tushadigan 20 foiz mablag‘ni ham oladi.
Firpo "Barselona" safiga 2019 yilda "Betis"dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan mavsum La Ligada 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
“Lids” o‘tgan mavsum Angliya premer-ligasini 9-o‘rinda yakunladi.
Fikrlar