Rasman! Baxtiyor TsSKAda o‘ynaydi

  • 25.08.2020 17:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

Eldor Shomurodovning jamoadoshi Baxtiyor Zaynutdinov “Rostov”ni tark etib, Moskvaga ko‘chib o‘tdi. 

22 yoshli qozog‘istonlik yarim himoyachi TsSKAda tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va jamoa bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda TsSKA matbuot xizmati rasman e’lon qildi. Shartnoma shartlari va transfer summasi ma’lumotlari oshkora qilinmayapti. 

Baxtiyor Zaynutdinov yangi jamoasida 19-raqamda o‘ynaydi.  

“Rostov”ga 2019 yili “Astana” jamoasidan kelib qo‘shilgan Baxtiyor Zaynutdinov jami 35 ta uchrashuvda 4 ta gol urgan va ikkita golli pas uzatgan. Iste’dodli futbolchi Qozog‘iston terma jamoasida 13 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini olti bor aniq nishonga olgan.

dt11889

Shomurodov – UEFA Chempionlar ligasi ishtirokchisining asosiy nishoniga aylandi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javlon Abdullaev
25/08/2020 18:46
Yaxshi bopti endi eldor ochiladi