Rasman! "Bolonya" hujumchi sotib oldi (Foto)

  • 30.08.2022 20:18
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" klubi hujumchisi Joshua Zirkzee "Bolonya" futbolchisiga aylandi. Bu haqda Italiya klubi o‘z rasmiy saytida xabar berdi. 

Bolonyaliklar to‘liq transfer huquqini sotib oldi. Biroq myunxenliklar 21 yoshli forvardni qaytarish vakolatiga ega (shartnomada shunday band bor). 

Avvalroq, Italiya nashrlari "Bolonya" Zirkzee uchun 8.5 million evro to‘lagani haqida xabar berayotgandi. 

O‘tgan mavsumni "Anderlext" safida ijarada o‘tkazgan Joshua 47 uchrashuv o‘tkazib, 18 ta gol hamda 13 ta samarali uzatma muallifiga aylangan. 

FbapHnnXEAQL30D

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!