
Rasman! "Byornli" Chempionship to‘purarini o‘z safiga qo‘shib oldi (foto)
“Lids” klubi forvardi Kris Vud rasman “Byornli” a’zosiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra ushbu transfer klub tarixidagi eng qimmati bo‘ldi va o‘ziga hos rekord o‘rnatdi. Ba’zi ingliz OAVlari tarqatgan xabarlarga qaraganda 25 yoshli yangli zelandiyalik futbolchi “Byornli”ga 16 mln evroga tushgan.
Ma’lumot uchun, Kris o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra 27ta gol bilan Chempionship to‘purarligini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar