Rasman. "Chelsi" Xato transferini e’lon qildi!

  • 04.08.2025 01:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi o‘z rasmiy sayti orqali himoyachi Yorrel Xato bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qildi. 19 yoshli futbolchi bilan tuzilgan kelishuv 2032 yilning yozigacha amal qiladi.

Xato yangi haftada jamoa safiga qo‘shiladi. U "aristokratlar" safiga Niderlandiyaning "Ayaks" klubidan kelib qo‘shildi. Uning asosiy pozitsiyasi — chap qanot himoyachisi, ammo markaziy himoyachi sifatida ham harakat qiloladi.

New signing, Jorrel Hato poses for photos as he signs for Chelsea Football Club at Chelsea Training Ground on August 03, 2025 in Cobham, England.

"Ayaks" asosiy jamoasida u 111 ta rasmiy o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!