Rasman! "Dinamo" Nurillo To‘xtasinovni o‘z safiga qo‘shib oldi
Nurillo To‘xtasinov "Dinamo" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuoti xabar bermoqda.
"Dinamo" jamoasi 2026 yilgi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.
«Dinamo» PFK Superliga klublaridagi ishtiroki, O‘zbekiston olimpiya jamoasi va Malayziyaning «Terengganu» klubidagi faoliyati orqali muxlislarga tanilgan Nurillo To‘xtasinov bilan shartnoma imzolaganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. 28 yoshli legioner kuni kecha 2,5 yillik faoliyatidan keyin Malayziya klubidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi va erkin agent sifatida «Dinamo» bilan kelishuvga erishdi.
«Terengganu» etakchisi sifatida Malayziya klubi muxlislari ishonchini qozongan To‘xtasinov Samarqandda ham yangi tarix yarata olishiga ishonamiz. Vadim Abramov qo‘l ostida «Bunyodkor»da nom qozongan Nurillo «Dinamo»da ham murabbiy va barchaning ishonchini oqlashiga tilakdoshmiz.
"Dinamo" oilasiga xush kelibsiz, Nurillo", - deyiladi xabarda.
Fikrlar