Rasman! "Milan" ilk transferini amalga oshirdi

"Torino" yarim himoyachisi Sualixo Meyte "Milan"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi. 

Milanliklar futbolchini mavsum so‘nggiga qadar sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. Transfermarkt portali 26 yoshli Meyteni 5 million evroga baholamoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, frantsiyalik yarim himoyachi "rossonerilar" safida 18-raqamda harakat qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!