Rasman! MLS klubi yana bir Italiya terma jamoasi a’zosi bilan shartnoma imzoladi

  • 16.07.2022 06:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Federiko Bernardeski MLSga ko‘chib o‘tadigan bo‘ldi. 

28 yoshli Italiya terma jamoasi a’zosi "Toronto" klubi bilan 2026 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Hujumkor yarim himoyachi "Yuventus"ni erkin agent sifatida tark etdi. "Keksa senora" u bilan shartnomani uzaytirishni istamagandi. 

Avvalroq, Kanada klubi yana ikki Italiya terma jamoasi a’zosi Domeniko Krishito va Lorentso Insine bilan shartnoma imzolagandi. 

O‘tgan mavsumda Bernardeski A Seriya doirasida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!