Rasman! "Nasaf" o‘z tarkibiga legioner hujumchi qo‘shib oldi
Tojikiston milliy terma jamoasi a’zosi 24 yoshli hujumchi Muhammadjon Rahimov "Nasaf" a’zosiga aylandi.
Muhammadjon jamoa bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. U faoliyati davomida Tojikistonning “Hosilot”, “Istiqlol”, Qozog‘istonning “Ordabasi” jamoalarida to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, "ajdarlar" fevral oyi so‘ngida OChL pley-offida ishtirok etish uchun Qatarga yo‘l oladi.
“Nasaf” klubi matbuot xizmati
Fikrlar