
Rasman! "Navbahor" futbolchisi jamoani tark etdi
"Navbahor" yarim himoyachisi Islom Rashidxonov jamoani tark etdi. Bu haqda futbolchining o‘zi "Instagram"dagi sahifasida ma’lum qildi.
Islom "lochinlar" rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi va jamoaning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.
23 yoshli futbolchi namanganliklar safiga o‘tgan yili yanvarda "Nasaf"dan kelib qo‘shilgan edi. 2020 yilgi mavsumda Rashidxonov 22ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta golga assistentlik qilgan.
Yarim himoyachi xizmatiga Superliga klublaridan jiddiy takliflar bor, yaqin vaqt ichida bu haqda ma’lum qilamiz.
Fikrlar