
Rasman! "Qizilqum" Jamshid Saidov bilan shartnoma uzaytirdi
Bugun navoiyliklar bosh murabbiy Jamshid Saidov "Qizilqum" bilan shartnomasini 2 yilga uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
2023 yilgi mavsum o‘rtalarida jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan mutaxassis Superligada 16 ta uchrashuvda "Qizilqum" ni murabbiy sifatida maydonga olib chiqdi. Mazkur bellashuvlarning 6 tasida g‘alaba, 4 ta uchrashuvda durang hamda 6 ta bahsda mag‘lubiyat qayd etildi.
Qolaversa, jamoani Superligaga o‘tish o‘yinida "Qo‘qon-1912" ustidan g‘alabaga erishib, elitada o‘z o‘rnini saqlab qoldi.
Fikrlar