Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Rasman: Ronalduning barcha davrlarning eng yaxshi «Oltin to‘pi» sohibi deb topildi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Krishtianu Ronaldу 2008 yilda olgan «Zolotoy to‘pi» bilan tarixiy reytingda barcha davrlarning eng yaxshi mukofoti deb topildi.

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduning «Barcha davrlarning «Oltin to‘pi»» reytingi g‘olibiga aylandi. Bu haqida mukofotning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Reytingda birinchi o‘rinni Ronalduning 2008 yilda «Manchester Yunayted» safida to‘p surgan vaqtida qo‘lga kiritgan «Oltin to‘pi» egalladi. O‘sha yili portugalik futbolchi ovoz berish jarayonida Lionel Messi va Fernando Torresdan ustun kelgan edi.

Ikkinchi o‘rindan Messining 2012 yilda «Barselona» safida olgan «Oltin to‘pi» joy oldi. Uchinchi pog‘ona esa Ronalduning 2017 yilda «Real»da o‘ynagan vaqtida qo‘lga kiritgan sovriniga nasib etdi.

Avvalroq ovoz berish tashkilotchilari g‘olibni aniqlashda futbolchining faoliyati davomida jami nechta «Oltin to‘p» yutganiga emas, balki sovrinni qo‘lga kiritgan muayyan mavsumdagi o‘ziga xos individual natijalariga asosiy e’tibor qaratilishini ta’kidlagan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q