Rasman: Rubin Xebay Coca-Cola Superliganing eng yaxshi futbolchisi!

  • 10 yanvar, 2024, 14:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zPFL “Superliga-2023”ning eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi. Unga ko‘ra, “Andijon”ning albaniyalik to‘purar hujumchisi Rubin Xebay rasman o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

“Andijon” legioneri Superligadagi debyut mavsumidayoq yulduzga aylandi. O‘z o‘yini va gollari bilan barchaning e’tiborini qozondi.

Xebay 2023 yilgi mavsumda “Andijon” safida hammasi bo‘lib 27 ta uchrashuvda o‘ynadi. Maydonda esa 2138 daqiqani o‘tkazdi va o‘z hisobiga 14 ta gol yozdirdi.

xebay6

Xebay to‘purarlar bahsida Dragan Cherandan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi va tabiiyki, klubining eng yaxshi to‘purari va futbolchi nomiga sazovor bo‘ldi.  

Aytish kerakki, milliy chempionatimizda eng yaxshi futbolchiga aylangan ilk albaniyalik o‘yinchiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
10/01/2024 14:49
Соврин к,уллуг бу'лсин Рубенжон
&
Адхамжон Низомов
10/01/2024 14:29
Эй,сайт ахли.Сал еркинрок ранг беринглар.Сарлавха ва маколалар жуда хира. Узларинга билинмаяптими?Бошка сайтлар зур-ку.