Rasman! Shahboz Umarov "Ordabasi"dan ketdi

  • 12.01.2025 23:23
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Shahboz Umarov va "Ordabasi" klubidan ketdi. Bu haqda shimkentliklar matbuoti xabar berdi. 

"Rahmat, Shahboz! Shahboz Umarov shartnomasi muddati tugashi munosabati bilan klubni tark etdi. U “Ordabasi” safida 77ta o‘yin o‘tkazib, 7ta gol urgan va 7ta golga assistentlik qilgan.

Shoxga professional faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz", - deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Umarov "Ordabasi" bilan mamlakat chempioniga aylangan edi. O‘sha tarkibda Bobir Abdixoliqov ham bor edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
obdva27
13/01/2025 22:50
"Unwanted boys"ga va sizga omad