Rasmiy xabar! AGMK o‘z safiga legioner futbolchi qo‘shib olganini e’lon qildi (Foto)
AGMK jamoasi selektsiya ishlaridagi amalga oshirgan transferlarini e’lon qilishni davom ettiradi.
Faoliyatini Ukrainada «Gornik Sport» jamoasida boshlagan, «Stal», «Sevastopol», «Olimpik» (Donetsk), Isroilning «Makkabi» va «Xapoel» jamoalarida o‘ynagan, shuningdek, Ukrainaning nomdor «Chernomorets» sharafini himoya qilgan, Rossiyada «SKA-Xabarovsk» hamda Qozog‘istonda «Okjetpes» va o‘tgan mavsum Tojikiston chempioni «Istiqlol» jamoasida o‘ynab, 2022 yildan erkin agentga aylangan markaziy himoyachi — Andrey Mishenko AGMK futbol klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Mishenko 1991 yil, 7 aprel kuni Ukrainaning Poltavskaya viloyatida tavallud topgan. Futbolchi faoliyati davomida klub tizimida jami 150 o‘yin o‘tkazgan va raqiblar darvozasiga 5ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar