Rasmiy xabar! "Bavariya" Upamekano bilan shartnomani uzaytirdi
Germaniyaning "Bavariya" klubi Dayo Upamekano bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqida nemis jamoasi matbuoti xabar berdi.
Fransiyalik himoyachining shartnomasi kelasi yozga qadar belgilangan edi. Yangi kelishuv esa 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
27 yoshli futbolchi "qizillar" safida beshinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Bu vaqt ichida Dayo 180 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar