
Rasmiy xabar: Shahboz Umarov "Tobol" futbolchisiga aylandi
Shahboz Umarov Qozog‘istonning "Tobol" jamoasi a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuoti xabar bermoqda.
"Umarov faoliyati davomida OKMK, "Energetik BGU", BATE, "Ordabasi" va "Turon" klublarida o‘ynagan. U Qozog‘iston chempioni bo‘ldi va kubok sohibiga ham aylangan.
Tezkor va tajribali Shahboz "Tobol"ning hujumiga yangi rang qo‘shishi aniq.
Xush kelibsiz, Shahboz!" - deya yozdi kostanayliklar matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Umarov "Turon"dagi faoliyatidan so‘ng klubsiz bo‘lib turgan edi. "Tobol" 20-turdan so‘ng 44 ochko etakchi bo‘lib turibdi.
Fikrlar