
Ravshan Ermatov OFK Ijroqo‘miga saylandi
Bahrayn poytaxti Manaman shahrida 33-OFK Kongressi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda 2023-2027 yilgi Ijroqo‘m a’zolarini saralab olish bo‘yicha saylov o‘tkazilyapti. Ahamiyatlisi, saylov jarayonlarida hamyurtimiz Ravshan Ermatov ham ishtirok etdi va Markaziy hududga saylandi. U mazkur hududdagi yagona nomzod sifatida jarayonda qatnashdi.
Ermatovdan oldin Zokir Qurbonov (1998-2000), Baxtiyor Rahimov (2000-2011) hamda Sardor Rahmatullaev (2015-2019) O‘zbekistondan vakillik qilgandi.
Fikrlar