Ravshan Ermatov terma jamoa murabbiylar shtabi bilan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildi

  • 31 avgust, 2021, 18:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston 17-25 sentyabr kunlari ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahslariga mezbonilk qiladi. Mamlakatimiz ayollar milliy terma jamoasi ham ushbu musobaqada ishtirok etadi.

Tecno

Vakillarimiz saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik rejasiga asosan Turkiya, Belarus va yurtimiz maydonlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etib, Afrika chempioni hisoblangan Nigeriya, Ekvatorial Gvineyasi, shuningdek, Belarus, Eron, Hindiston kabi terma jamoalarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazdi.

ufa

Bugun O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi bilan uchrashib, muhim turnirga tayyorgarlik jarayoni va tashkiliy masalalarni muhokama qildi.

Yig‘ilish avvalida saralash bosqichiga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari natijalari tahlil etildi hamda keyingi o‘yinlar rejalari ko‘rib chiqildi. Zarur tibbiy vositalar bilan ta’minlash, vitaminizatsiya, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, futbolchilarning jismoniy va funktsional holatini monitoring qilib borishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, mazkur turnirga mas’ul tashkiliy qo‘mita mutaxassislari bilan musobaqa tashkilotchiligiga doir bir qator masalalar, xususan, futbol maydonlarini turnirga hozirlash, o‘yinlar oldidan amalga oshiriladigan tashkiliy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish va mavjud kamchiliklar ustida ishlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

O‘FA matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
PROSTO TELE
31/08/2021 19:36
Эрматов йуколсин илтимос.
Аминжон Ахмедов
31/08/2021 22:11
Узбек футболи жуда хам кулгили ва ачинарли.1994 йилда булган хакикий Узбек футболи.