Rayan Garsiya UFC chempioni bilan jang qilmoqchi!

  • 26 fevral, 2024, 12:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mashhur bokschi Rayan Garsiya o‘ta engil vazn toifasida UFC chempioni Shon O'Melli bilan jang tashkil etishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Tecno

Men Shon O'Melli bilan UFC da jang qilishga tayyorman. Shuningdek, Dana, siz menga juda zo‘r chek yozishingga to‘g‘ri keladi”, deb yozdi Garsiya o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida.

Eslatib o‘tamiz, Garsiya hisobida 24 g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bor. U oxirgi marta 2023 yilning 2 dekabrida ringga chiqib, raqibi Oskar Duarte Xuardoni sakkizinchi raundda nokaut bilan mag‘lub etgandi.

Shon O'Melli esa "UFC 299" da Marlon Vera bilan revansh jangida o‘zining o‘ta engil vazn (61,2 kg) toifasidagi chempionlik unvonini himoya qiladi. Ularning birinchi jangi texnik nokaut bilan Marlon Vera foydasiga g‘alaba bilan yakunlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!