Rayhona Qodirova chorak finalda to‘xtatildi

  • 09.03.2020 21:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Amman shahrida davom etayotgan litsenzion turnirida navbatdagi yurtdoshimiz o‘z jangini o‘tkazdi. -60 kg vazn toifasidagi chorak finalda Rayhona Qodirova tailandlik Sudaporn Sisondiga qarshi ringga ko‘tarildi. Jangning muhimligi shundaki, mazkur vaznga 4 ta yo‘llanma tikilgan va mag‘lub bokschi turnirda o‘z yurishini to‘xtatar edi. Ushbu jang g‘olibi esa yarim finalga yo‘l olish barobarida Tokio Olimpiadasiga borishni naqd qilardi.

Afsuski, Rayhona tajribali raqibiga 5:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va turnirdagi o‘z yurishini to‘xtatdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!