Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Rays: «Ispaniyani mag‘lub eta olishimizga ishonqan edik»

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Angliya terma jamoasi safarda Ispaniyani 3:2 hisobida mag‘lub etib, Liga millatlarida o‘z guruhida birinchi o‘rinni egalladi.

Deklan Rays Millatlar ligasi doirasida Ispaniyaga qarshi kechgan bahsda jamoasining qiyin g'alabasi haqida jurnalistlar bilan suhbatda gapirdi.

Raysning ITV Sport nashriga aytishicha, angliyaliklar uchrashuvni juda kuchli boshlab, raqibga darhol jiddiy bosim o'tkazishni boshlagan. Yarim himoyachining ta'kidlashicha, agar Angliya terma jamoasi so'nggi 30 daqiqani bir kishi kam bo'lib o'tkazmaganida, to'p nazoratini saqlab qolgan va yanada yirikroq hisobda g'alaba qozonishi mumkin edi.

«Shunday kuchli raqibga qarshi 30 daqiqa davomida 10 kishi bo'lib o'ynab ham g'alaba qozonishning o'zi katta natija. Biz Ispaniyani mag'lub eta olishimizga ishongan edik», — dedi Rays.

Eslatib o'tamiz, Tomas Tuxel boshchiligidagi Angliya terma jamoasi safarda Ispaniyani 3:2 hisobida mag'lub etib, o'z guruhida birinchi o'rinni egalladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q