“Real” Angliyadan bosh murabbiy olib keladi
“Qirollik klubi” rahbariyati yaqin kelajakda “Real”ni boshqarish uchun taklif etishi mumkin bo‘lgan mutaxassislar ro‘yxatini tuzib, ularning imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda.
Madrid superklubi mutasaddilari nazariga “Arsenal”ni bir necha yildan beri muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Mikel Arteta ham tushdi.
Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, hozirgi bosh murabbiy Alvaro Arbeloaning kelasi mavsumda lavozimini saqlab qolishi ehtimoli juda past.
Shunga qaramay, “Arsenal”dan Artetani olib kelish ham oson bo‘lmaydi. Klub sport direktori Andrea Berta 43 yoshli murabbiy bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokara olib borilmoqda.
Arteta 2019 yil dekabridan buyon “kanonirlar”ga ustozlik qilib keladi. Ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida “Arsenal” bir marta Angliya Kubogini va ikki bor Superkubokni yutgan. Artetaning shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.
Fikrlar