“Real” Angliyadan qimmatbaho futbolchi olib keladigan bo‘ldi

  • 08.03.2026 10:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Italiya milliy terma jamoasi va “Nyukasl” klubi yarim himoyachisi Sandro Tonali faoliyatini Ispaniya chempionatining eng qudratli klublaridan “Real”da davom ettirishi mumkin.

Madridliklar bu futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uni yozgi transfer oynasida o‘z saflariga qo‘shib olishni rejalashtiryapti.

Bu haqida TuttoJuve xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, “Qirollik klubi” ushbu transfer uchun 75 million yevro  ajratishga tayyor. Avvalroq, Tonalini Londonning “Arsenal” hamda “Manchester Siti” klublari ham nishonga olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

25 yoshli Tonalining “Nyukasl” bilan shartnomasi 2028 yil o‘rtalariga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 75 million yevro deb baholayotgan bo‘lsa-da, “Nyukasl” uni ancha qimmat narxga sotishni mo‘ljallayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!