“Real” Angliyadan zo‘r vunderkind topdi

  • 04.03.2026 08:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi “Tottenxem”ning 19 yoshli yarim himoyachisi Archi Greyni sotib olish imkoniyatini o‘rganib chiqishga kirishdi.

Sports Boom nashri ma’lumotiga ko‘ra, madridlik skautlar futbolchining salohiyatini yuqori baholamoqda va ayniqsa, bosim ostida o‘zini tuta bilish qobiliyatini alohida tilga oldi. “Qirollik klubi”da yosh iste’dodni yarim himoyadagi moslashuvchan rotatsiyani uzoq muddatli mustahkamlovchi o‘yinchi bo‘lishiga ishonishmoqda.

Shuningdek, Archiga Myunxenning “Bavariya” jamoasi ham jiddiy qiziqmoqda. Nemis grandi uni tayanch yarim himoyachi va yuqori saviyadagi o‘ng himoyachi pozitsiyalarida o‘ynay oladigan gibrid futbolchi sifatida transferlar ro‘yxatiga kiritgan.

Archi Greyning “Tottenxem” bilan shartnomasi 2030 yilning o‘rtasigacha amal qiladi. Angliyalik futbolchining hozirgi transfer qiymati taxminan 55 million funt sterlingni tashkil etadi.

Ammo tahlilchilar 2027 yilga kelib, uning kutilgan transfer qiymati 100 million funtdan oshib ketishini prognoz qilmoqda. “Shporlar” hozircha futbolchi bilan xayrlashish niyatida emas va uni kelajakda asosiy tarkib o‘yinchisi sifatida ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!