“Real” “Arsenal” hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Real" "Arsenal" hujumchisi Gabriel Martinellini bilan shartnoma imzolash haqida o‘ylamoqda. Bu haqida "Defensa Central" nashri ma’lum qildi.
Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, "to‘pchilar" o‘z forvardi uchun 100 million yevro talab qilmoqda. Madrid klubi esa braziliyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun turli xil variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Jumladan ular orasida futbolchilarni o‘zaro almashtirish ham bor.
24 yoshli hujumchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 45 million yevroni tashkil etadi. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Martinelli joriy mavsum Arteta qo‘l ostida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol kiritdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar