“Real” Azarni ko‘p gol urayotgan hujumchiga almashtiradi

  • 24.12.2021 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” mutasaddilari nihoyat Eden Azarni qo‘yib yuborisha qaror qildi. “Chelsi” va boshqa jamoalarning taklifini qabul qilmagan madridliklar belgiyalik yulduzni “Lill” vakiliga alishtirmoqchi.

Manbalarning xabar berishicha, “Qirollik klubi” Azarni Frantsiya chempionatiga jo‘natib,  u erdan 21 yoshli Jonatan Devidni olib kelmoqchi.

Azar 2007-2012  yillarda “Lill”da to‘p tepgani bois bu jamoa xo‘jayinlarini belgiyalik yulduzni ortga qaytarishga ko‘ndirish qiyin bo‘lmaydi.

Jonatan Devid esa Frantsiya chempionatida to‘purar poygasida etakchilik qilmoqda. U joriy mavsumda 18 ta uchrashuvda 11 marotaba to‘p kiritishni uddaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!