“Real” bu oʻyinchi uchun 120 million yevro toʻlashga tayyor
“Real” rahbariyati yozgi transferlar oynasi davrida tarkibni jiddiy tarzda kuchaytirish yo‘llarini qidirmoqda. Ana shu maqsadda olib kelinadigan futbolchilardan biri Enzo Fernandesdir.
“Qirollik klubi” argentinalik jahon chempioni uchun 120 million yevro to‘lashga tayyorligini bildirdi.
Londonning “Chelsi” klubi ham bu summaga o‘z yetakchisi bilan xayrlashishga ko‘nishi aytilmoqda.
Fernandes ham iqlim sababli klubni o‘zgartirishga qarshi emas va “tumanli Albion”dan serquyosh mamlakatga ko‘chib o‘tishni istayapti.
Joriy mavsumda Fernandes barcha turnirlarda 46 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning shartnomasi 2032 yil yozigacha amal qiladi.
Fikrlar