“Real” bu yulduzdan voz kechdi
Madridning “Real” klubi anchadan beri transfer nishonida turgan germaniyalik himoyachi Niko Shlotterbek transferidan voz kechishga qaror qildi.
Chunki Dortmundning “Borussiya” klubi o‘zining markaziy himoyachisiga juda manfaatli yangi shartnoma taklif qildi va yaqin vaqt ichida 26 yoshli futbolchi “asalarilar” bilan uzoq muddatli shartnomani imzolaydi.
Sky Sport ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib kelayotgan “Qirollik klubi” tomonlar qaroridan xabardor va allaqachon Shlotterbek uchun kurashdan chiqqan.
Madridliklar endi boshqa nomzodlarga e’tibor qaratishga majbur bo‘ladi.
Shlotterbekka “Bavariya”, “Liverpul” va Evropaning boshqa grandlari ham qiziqish bildirayotgan endi. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, nemis markaziy himoyachisining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi, uning amaldagi shartnomasi esa 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar