"Real" chempionlik paradini o‘tkazdi
Bir necha kun oldin "Uembli"da "Borussiya"ni mag‘lub qilib, 15-marta Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan "Real" Madridda chempionlik paradini o‘tkazdi.
Ma’lum bo‘lishicha, chempionlik paradida umumiy 630 mingdan ortiq odam ishtirok etdi. Shulardan 80 mingi "Santyago Bernabeu", 550 mingi Sibilisga tashrif buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, bu Madriddagi ikkinchi parad hisoblanadi. Oldinroq "qaymoqranglilar" La Ligani yutganini nishonlagandi.

Fikrlar