"Real"da Mastantuononing kelajagi baholandi
O‘z yo‘lini topa olmayapti
«Real» (Madrid) yarim himoyachisi Franko Mastantuono hozirda «Fiorentina» safida ijara asosida o‘ynamoqda.
Florentsiya klubi yosh argentinalik futbolchini joriy mavsum oxiriga qadar o‘z safida saqlab qolish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Insayder Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Madriddning «qirollik» klubi rahbariyati «River Pleyt»dan futbolchini sotib olish qarori to‘g‘ri bo‘lganiga ishonch bildirmoqda. «Slivochni»lar 19 yoshli o‘yinchining Italiyadagi o‘sish sur’atidan mamnun va «Fiorentina»ni uning rivoji uchun mos jamoa, deb hisoblamoqda.
Franko Mastantuono Florentsiya klubi tarkibida barcha musobaqalar doirasida 13 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi. Yosh iste’dodning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilga qadar mo‘ljallangan.
Izohlar (0)