"Real"dagi joyini yo'qotgan Rodrigo uzoqlarga ketadi
Kutilmagan transfer sensatsiyasi
«Real» hujumchisi Rodrigo yana Braziliyaga qaytishi mumkin. Bu haqida jurnalist Lukas Barros xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, futbolchini o‘z safida ko‘rishga «Santos» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Rodrigo aynan shu jamoa tarbiyalanuvchisi bo‘lib, professional faoliyatini ham shu yerda boshlagan. Braziliya klubi hujumchini yarim yillik ijara asosida olishni rejalashtirmoqda.
Aytilishicha, Rodrigo bu variantga yomon qaramayapti. Uning asosiy sababi – Neymar bilan bir jamoada o‘ynash istagi.
Hozircha bitim yo‘lidagi asosiy to‘siq – futbolchining maoshi. Agar tomonlar moliyaviy shartlar bo‘yicha kelishib olsa, «Real» Rodrigoning ish haqining katta qismini to‘lab berishga majbur bo‘lishi mumkin.
Izohlar (0)