"Real"dagi "Oltin toʻp" sohibi nomini aytdi
Nufuzli sovringa kim munosib?
«Real» darvozaboni Tibo Kurtua joriy yilgi «Oltin to‘p» sovrini jamoadoshi Kilian Mbappega topshirilishi kerak, degan fikrda.
— «Oltin to‘p»? Unga eng munosib futbolchi — Kilian Mbappe. Bu mukofotni shu yil dunyoda eng yaxshi o‘yin namoyish etgan futbolchi olishi kerak, eng ko‘p sovrin yutib olgani emas.
Mening nazarimda, «Oltin to‘p» sohibiga aylanishi kerak bo‘lgan futbolchi — Kilian Mbappe. U qanday o‘ynayotgani, maydonda nima qilayotganini ko‘ring. Bu yerdagi va terma jamoadagi futbolchilar bilan gaplashganimda, hammani uning tezligi hisobidan raqiblarni osonlikcha ortda qoldirishi, go‘yo ular yo‘qdek ko‘rinishi hayratga solganini aytishdi. Bunga u urgan gollar sonini ham qo‘shing, — deya ta’kidlagan Kurtua.
Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p-2026» taqdimot marosimi 26 oktyabr kuni London shahrida (Angliya) bo‘lib o‘tadi.
Izohlar (0)