Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Real" darvozaboni endi bizda o'ynaydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

2031 yil iyunigacha shartnoma imzolandi

«Sevilya» futbol klubi  Madridning «Real» jamoasi darvozaboni Fran Gonsales bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.

Klub rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotga koʻra, «Sevilya» va «Real» Fransisko Xavyer Gonsales Peresning toʻliq transferi boʻyicha kelishuvga erishgan. Yosh darvozabon andalusiya­liklar bilan 2031 yil iyunigacha moʻljallangan shartnoma imzoladi.

Oʻtgan mavsumda Gonsales madridliklar asosiy jamoasi tarkibiga 14 marta kiritilgan, shuningdek, «Kastilya» safida 28 oʻyin oʻtkazgan. U «Real»ning zahira jamoasi bilan birga La Liga 2ga chiqish uchun pley-off bosqichigacha yetib bordi, ammo birinchi raunddayoq «Sabadel»ga magʻlub boʻlib musobaqani tark etdi.

Xalqaro maydonda futbolchi Ispaniyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalari sharafini himoya qilmoqda. 2024 yilda u 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni boʻldi. 2025 yilda esa Chilida oʻtkazilgan 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi.

Soʻnggi bir yil ichida Gonsales Ispaniya yoshlar terma jamoasi (U21)da ham debut qildi. U 2027 yilda Serbiya va Albaniyada boʻlib oʻtadigan Yevropa chempionati saralash bosqichida uchta oʻyinda maydonga tushishga ulgurgi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q