"Real" darvozaboni grandlar nishonida

  • 26 aprel, 2024, 14:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" Ispaniyaning "Real" klubi darvozaboni Andrey Luninga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda "El Nacional".

25 yoshli Luninga Fransiyaning PSJ, Angliyaning "Manchester Yunayted" va Germaniyaning "Bavariya" klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Ukrainalik futbolchining o‘zi yaqinda "Real"ning kelasi yozda tugaydigan shartnomasini uzaytirish taklifini rad etdi.

Joriy mavsumda Andrey Lunin “Real” safida 28 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 25 ta gol o‘tkazib yuborgan. 12 uchrashuvda darvozabon birorta ham gol o‘tkazib yubormadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!