"Real" Devisni "Bavariya"dan tekinga olib ketmoqchi

  • 27 aprel, 2024, 14:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" klubi yozda "Bavariya" himoyachisi Alfonso Devisni sotib olmaydi. Bu haqda taniqli "Relevo" nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" kanadalik himoyachini erkin agent sifatida olib kelishni rejalashtiryapti. Devisning Myunxen grandi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil yoziga qadar amal qiladi. Hozirda futbolchi va rahbariyat shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormayapti. 

Ma’lumot o‘rnida, Alfonsi joriy mavsum barcha musobaqalar doirasidagi 36 o‘yinda bitta gol va 4 ta assist muallifi bo‘lgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!