"Real" Dyumfrisni sotib olmoqchi
Madridning "Real" klubi "Inter" himoyachisi Denzel Dumfrisni oʻz safiga qoʻshib olish ustida ish olib bormoqda.
The Athletic nashrining xabar berishicha, niderlandiyalik futbolchi oʻng qanot himoyasini kuchaytirish uchun klubning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.
Manbaga koʻra, madridliklar vakillari allaqachon Dumfris bilan muzokara oʻtkazgan. Futbolchining shaxsiy shartnomasi boʻyicha kelishuvga erishish muammo boʻlmasligi aytilmoqda. "Inter" bilan tuzilgan shartnomadagi tovon puli 25 million yevroni tashkil qiladi.
Xabar qilinishicha, Florentino Peres prezidentlik saylovida gʻalaba qozongan taqdirda, "qaymoqranglilar" 7 iyundan keyin ushbu transferni rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar