Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

«Real» Endrikni sotishga tayyor

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Real Madrid» Endrikni qishda 60 million yevro atrofida sotishga tayyor

Madridliklar braziliyalik hujumchi bilan qishki transfer oynasida xayrlashishi mumkin. Futbolchiga bir nechta Yevropa klublari qiziqish bildirmoqda.

Ekrem Konurning yozishicha, Endrikni APLning ikki vakili — «Nyukasl» hamda «Everton» o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Shuningdek, «Roma», «Milan» va «Fenerbaxche» ham braziliyalik futbolchini kuzatib bormoqda.

«Real» ehtimoliy transfer borasidagi pozitsiyasini belgilab olgan. Ispaniya grandi qishda hujumchini sotish takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor. Madridliklar Endrikning transfer qiymatini 60 million yevro etib belgilagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q